Shaxsiy Telegram vakorxona chatlari —bitta ilovada, ammo alohida.
Xodim o'zining haqiqiy Telegram hisobidan odatdagidek foydalanadi. Ustiga Korxona qatlami qo'shiladi: ish guruhlari, kanallar va shaxsiy xabarlar faqat korxonaning o'z serverida yashaydi — Telegram'ga hech qachon tushmaydi.
To'qqiz lavha — har birida haqiqiy ilova yozuvi va o'zingiz bosib ko'radigan jonli namuna. Pastga suring yoki → tugmasidan foydalaning.
TeleTwin · Dilnoza
DJ
Dev jamoa12 a'zo · korxona serverida
Korxona
AzizaXayrli tong! Bugun reliz kuni ☀️
AzizaFA-5850 stage'da, ko'rib chiqing
FA-5850 Hisobot eksporti In Progress
@Bekzod demo 10:30 da, tayyormisiz?
BekzodTayyor 👍
Bekzod▶0:07
DilnozaRetro qachon?Juma 15:00Payshanba 16:00Keyingi hafta
AzizaRetro natijalari tayyor3 ta javob · 14:22
🦆 Dilnoza Bekzodni uyg'otdi
Xabar yozing…
Yangi so'rovJasur Toshev · Sotuv bo'limiTasdiqlandi ✓
Korxona kirishi bekor qilindiShaxsiy Telegram joyida qoldi
1 / 9
09:00 · Ish boshlandi
Bitta ilova: shaxsiy chatlar va Korxona papkasi
Dilnoza TeleTwin'ni ochadi. Oila va do'stlar — odatdagi Telegram'da. Ish guruhlari, kanallar va hamkasblar — alohida Korxona papkasida, korxona serverida.
DJDev jamoakorxona
#Umumiy kanalkorxona
OOilaTelegram
BHBuxgalteriyakorxona
DDo'stlarTelegram
Papkani bosing — ro'yxat qanday ajralishini ko'ring.
09:40 · Jira
Task kaliti yozildi — havola va holat kartasi tayyor
Xabardagi FA-5850 kabi kalitlar avtomatik Jira havolasiga aylanadi. Ustiga olib boring: nomi, holati, ijrochi — chatdan chiqmasdan.
Jamoa uchun kerakli hamma narsa — bugunoq ishlaydi
Odatiy Telegram tajribasi, faqat korxona yozishmalari sizning nazoratingizda.
Majburiy korxona kirishi
Telegram'ga kirgandan so'ng ilova korxona hisobiga kirishni talab qiladi. Yangi xodim "Yangi profil yaratish" orqali so'rov yuboradi, admin tasdiqlaydi.
Guruhlar, kanallar, DM
Korxona guruhlari va kanallari, "Xodimga yozish" orqali 1:1 xabarlar — barchasi alohida "Korxona" papkasida.
To'liq xabar tajribasi
Javob, tahrirlash, o'chirish, uzatish, reaksiyalar, pin, o'qildi belgisi ✓✓ va "yozmoqda…" holati.
Media va fayllar
Rasm, video, 2 GB gacha fayllar, ovozli va dumaloq video xabarlar.
@eslatmalar
Hamkasbni @ism bilan chaqiring yoki butun chatga @all / @here bilan murojaat qiling.
Uyg'otish 🦆
Javob kutilayotgan hamkasbga o'rdak ovozi bilan yumshoq turtki yuboring.
Jira havolalari
Xabardagi FA-5850 kabi task kalitlari avtomatik ravishda Jira'ga havolaga aylanadi.
Kiruvchi webhooklar
GitLab CI va Jira hodisalari to'g'ridan-to'g'ri kerakli kanalga tushadi.
Admin panel
Xodimlar, so'rovlar, chatlar, foydalanuvchi guruhlari, webhooklar va audit jurnali — bitta panelda.
Haqiqiy ekranlar — ishlab turgan ilovadan
Tez orada
Server API'da tayyor, ilova interfeysi bosqichma-bosqich chiqmoqda:
Server tomonda qidiruv
Rejalashtirilgan yuborish
So'rovnomalar
Threadlar
Statuslar / DND
Eslatmalar
Keyinroq
Rejada:
Qo'ng'iroqlar va huddle (LiveKit)
Ekran ulashish
Qanday ishlaydi
Uch qadamda ishga tushadi
1
Telegram'ga kiring
Haqiqiy Telegram hisobingiz bilan QR-kod orqali kiring. Shaxsiy chatlaringiz odatdagidek ishlaydi.
2
Korxona hisobiga kiring
Administrator bergan login va parolni kiriting yoki "Yangi profil yaratish" orqali so'rov yuboring.
3
Admin tasdiqlaydi
Tasdiqdan so'ng "Korxona" papkasida ish chatlari, kanallar va hamkasblar paydo bo'ladi.
Taqdimot
TeleTwin 2 daqiqada
Rahbariyatga ko'rsatish uchun qisqa versiya. Strelkalar, nuqtalar yoki klaviatura (← →) bilan boshqaring. Telefonda surib o'ting.
01 · Muammo
Ish chatlari shaxsiy Telegram'da qolib ketadi
Mijoz ma'lumotlari, fayllar, kelishuvlar — xodimning shaxsiy hisobida.
Xodim ketsa, guruhlar va yozishmalar tarixi u bilan birga ketadi.
Kirishni bekor qilishning ishonchli yo'li yo'q.
OOila
DJDev jamoa
DDo'stlar
MMijozlar
BHBuxgalteriya
Nazorat yo'q
02 · Yechim
Bitta ilova — ikki qatlam
Shaxsiy Telegram o'zgarmaydi. Uning yonida korxonaga tegishli alohida qatlam ishlaydi va uni korxona boshqaradi.
Korxonachatlar, kanallar, DM · korxona serveri
Shaxsiy Telegramhaqiqiy hisob · QR orqali kirish
03 · Qanday ishlaydi
Ikki yo'l, ikki server
Shaxsiy xabarlar Telegram bulutiga, korxona xabarlari esa faqat korxonaning o'z serveriga TLS orqali boradi. Ular hech qachon aralashmaydi.
04 · Kirishni bekor qilish
Bir bosish — barcha qurilmalardan
Admin xodimni bloklaganda server ochiq sessiyalarni yopadi: korxona qismi telefon, noutbuk va brauzerdan bir vaqtda yo'qoladi. Shaxsiy Telegram joyida qoladi.
Admin · Xodim: Bekzod
KorxonaShaxsiy
KorxonaShaxsiy
KorxonaShaxsiy
05 · Imkoniyatlar
Tanish interfeys, ish uchun qo'shimchalar
Xodimlarni qayta o'qitish shart emas — bu o'sha Telegram tajribasi.
Guruh va kanallar
1:1 DM
Reaksiya · pin
✓✓ o'qildi
2 GB fayllar
Ovozli xabar
Dumaloq video
@all · @here
🦆 Uyg'otish
Jira havolalari
Webhooklar
Admin panel
Audit jurnali
06 · Platformalar
Xodim qayerda bo'lsa — o'sha yerda
Brauzer, kompyuter yoki telefon. iOS uchun hozircha web versiyadan foydalaniladi.
Web
Windows
macOS
Linux
Android
iOS · hali yo'q
07 · Xavfsizlik
Ma'lumot sizniki va sizda qoladi
Korxona serveri O'zbekistondagi VPS'da. Ulanishlar shifrlangan, admin harakatlari jurnalga yoziladi.
O'z serveri (UZ)
TLS
CSP har sahifada
Xeshlangan tokenlar
Audit jurnali
Rate limit
08 · Boshlash
Bugunoq sinab ko'ring
Ilovani brauzerda oching yoki o'z platformangiz uchun yuklab oling. Korxona hisobini administrator beradi.
iOS uchun ilova hozircha yo'q — iPhone va iPad'da web versiyadan foydalaning. Fayl yaxlitligini SHA-256 orqali tekshirishingiz mumkin.
Savol-javob
Ko'p beriladigan savollar
Korxona ma'lumotlari qayerda saqlanadi?
Korxona chatlari, kanallari, xabarlari va fayllari faqat korxonaning o'z serverida (O'zbekistondagi VPS) saqlanadi va Telegram serverlariga yuborilmaydi. Shaxsiy Telegram chatlaringiz esa odatdagidek Telegram'da qoladi.
Xodim ishdan ketsa nima bo'ladi?
Administrator admin panelda xodimni bloklaydi. Server uning barcha ochiq sessiyalarini darhol yopadi va korxona qismi barcha qurilmalaridan bir vaqtda yo'qoladi. Xodimning shaxsiy Telegram hisobiga tegilmaydi.
TeleTwin Telegram'ning rasmiy ilovasimi?
Yo'q. TeleTwin — ochiq kodli Telegram Web A (GPL-3.0) asosida qurilgan mustaqil loyiha va Telegram bilan bog'liq emas. Shaxsiy qism sizning haqiqiy Telegram hisobingizga oddiy Telegram mijozi kabi QR-kod orqali ulanadi; korxona qismi esa Telegram infratuzilmasidan umuman foydalanmaydi.
iPhone yoki iPad uchun ilova bormi?
Hozircha iOS ilovasi yo'q. iPhone va iPad'da Safari orqali web versiyani yoki faqat korxona qismi uchun PWA ilovani ochishingiz mumkin.
Narxi qancha?
TeleTwin korxona ichida foydalanish uchun joriy qilinadi. Ulanish va shartlar bo'yicha korxonangiz administratoriga murojaat qiling.
Ilovada qaysi server manzilini kiritaman?
Ilovada menyu (uch chiziq) → Korxona → Server: https://tele.dtwin.uz, so'ng administrator bergan login va parol. Batafsil — qo'llanmada.
Ish chatlarini korxonaga qaytaring.
Xodimlar uchun — tanish Telegram. Korxona uchun — to'liq nazorat.